
Ikardiga hiyonat qilishdi
PSJ hujumchisi Mauro Ikardining rafiqasi Vanda Nara tansoqchisi bilan unga hiyonat qildi.
Jurnalist Diego Estevesning so‘zlariga ko‘ra, Vanda o‘tgan yil oxirida futbolchi Argentinaga uchib ketganida, uning tansoqchisi bilan hiyonat qilgan. Vanda ziyofatdan keyin o‘z xonasiga tansoqchi taklif qilganini ko‘rgan guvohlar ham bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Ikardi o‘z rafiqasining xiyonatidan xabar topgach, tansoqchisini ishdan bo‘shatgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning kuzida Vanda Ikardining ma’shuqasi haqida bilib qolgach, futbolchi bilan ajrashmoqchi bo‘lgandi. Ammo argentinalik yulduz turmush o‘rtog‘iga 2050 yilgacha bo‘lgan barcha daromadlari va mulklariga bo‘lgan huquqlarni berib, nikohni saqlab qolgan edi.
Fikrlar