
Ikardi Milanga qaytadi, faqat...
Mavsumni PSJ safida ijarada o‘tkazayotgan "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi yana Milanga qaytishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Biroq, argentinalik futbolchi bu safar “Inter”ga emas, balki uning ashaddiy raqobatchisi hisoblangan “Milan” safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Ushbu transfer mavsumlar oralig‘ida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Aytish kerakki, PSJda Ikardini 70 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi bor. Ammo, parijliklar uni xarid qilishni rejalashtirishmayapti.
27 yoshli Ikardi joriy mavsum parijliklar safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar