Ikardi PSJda o‘ynab ham “Inter”ga foyda keltiradi

  • 31 may, 2020, 12:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” argentinalik hujumchisi Mauro Ikardining transferidan juda oqilona foydalandi. Futbolchini avvaliga PSJga ijaraga bergan milanliklar endi uni mo‘maygina summaga pulladi.

Tecno

Parij klubi Ikardi uchun 50 million evrodan tashqari turli bonuslar ko‘rinishida yana 7 million evro to‘laydigan bo‘ldi. Endi omma e’tiboriga bu transferning yana bir tomoni oshkor bo‘ldi.

Unga ko‘ra, agar Mauro Ikardi kelajakda Italiya klubiga o‘tadigan bo‘lsa, PSJ qo‘shimcha tarzda “Inter”ga yana 15 million evro to‘laydi.

Chunki, argentinalik 27 yoshli futbolchi parijliklar tarkibiga borib qo‘shilganidan keyin, “Inter”ning ashaddiy raqiblari – “Yuventus” va “Napoli” hujumchini PSJdan xarid qilishi haqida xabarlar ham tarqalgan edi.

“Paxtakor” Yaxshiboevni Evropaga transfer qilishga tayyorlansin

To‘purarlar orasida yangi yulduz porlamoqda

“Barsa”ning Lautaro bo‘yicha yangi taklifi “Inter”ni o‘ylantirib qo‘ydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!