Ijaradagi futbolchilari bilan qaysi klublar maqtana oladi? («Top-10»)

  • 31 yanvar, 2021, 23:22
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi kunda grand klublar yosh va iqtidorli futbolchilarni ijara asosida boshqa jamoaga jo‘natib yuborishga ko‘nikib qoldi. Bu ikki tomon uchun ham foydali. Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgandan ko‘ra, o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchi klubiga katta naf keltirishi tajribadan o‘tgan. Avvallari, asosan yoshlar ijara asosida qo‘yib yuborilar edi. Hozir esa, ular orasida transfer summasi baland bo‘lgan ijrochilarni ham uchratish mumkin. Xo‘sh, ayni damda ijaradagi futbolchilarining transfermarktdagi umumiy qiymati eng baland bo‘lgan klublar qaysi? Bugun shu savolga atroflicha javob berib o‘tamiz.

Tecno

10-o‘rin. «Roma» – 19 ta futbolchi 82 million evro

Roma12

«Bo‘rilar» deyarli 20 ga yaqin futbolchisini boshqa klubga vaqtincha qo‘yib yuborgan. Bu grand jamoalar orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Ketganlar ichida Jastin Klyuvert, Chengiz Under, Mert Chetin singari taniqli nomlar bor.

9-o‘rin. «Benfika» – 13 ta futbolchi 84,1 million evro

roma11

Afsuski, «burgutlar»ning bu mavsumda boshqa klubga o‘yin amaliyoti maqsadida qo‘yib yuborilgan o‘yinchilariga omad kulib boqmadi. Jedson Fernandesh va Karlos Vinicius «Tottenxem» tarkibida ko‘rinish bermayapti. «Bavariya»dagi Tiagu Dantashning ham ishlari pachava. U hali biror marotaba asosiy jamoa qaydnomasiga ham kiritilmadi.

8-o‘rin. «Arsenal» – 6 ta futbolchi 87,7 million evro

roma123

Lukas Torreyra «Atletiko»da, Matteo Genduzi esa «Gerta»da javlon urmoqda. Shu yigitlarning transfer summasi baland ekanligi bois «kononirlar» bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin egalladi. Bundan tashqari, Saliba, Kolashinats ham yangi jamoasida asosiy rolni bajarmoqda.

7-o‘rin. «Atletiko» – 13 ta futbolchi 91,1 million evro

Roma2133

Madridni vaqtincha tark etganlar ichida Alvaro Moratani alohida qayd etish mumkin. Uning yo‘qligini esa, hozircha Suares hech kimga bilintirmayapti.

6-o‘rin. «Manchester Siti» – 17 ta futbolchi 92,5 million evro

roma4454

«Shaharliklar»ning ijaradagi futbolchilari soni so‘nggi yillarda juda ko‘payib ketdi. Hozirda kolumbiyalik, yaponiyalik, braziliyalik, argentinalik, serbiyalik, kosovalik futbolchilar o‘yin amaliyoti uchun «Siti» bazasini tark etgan. Tan olish lozim, ular orasida «RB Leypsig»dagi Anxelinodan boshqasi deyarli yosh futbolchilardir.

5-o‘rin. «Yuventus» – 11 ta futbolchi 95,5 million evro

roma41324

Turin klubini tark etganlar orasida Duglas Kosta va Serxio Romerolarni alohida qayd etish mumkin. Shuningdek, klub Eldor Shomurodov to‘p surayotgan «Jenoa» a’zosi Nikola Rovellani qo‘lga kiritdi, biroq mavsum so‘nggiga qadar Genuyada qoldirdi.

4-o‘rin. «Inter» – 31 ta futbolchi 114,68 million evro

roma12444

Milanliklarning ijaradagi fubolchilari bilan Evropaning o‘rtamiyona chempionatida bemalol g‘alaba qozonish mumkin. Kandreva, Esposito, Dalbert, Naingolan, Lazzaro, Joa Mariu hozirda mavsumni o‘z klublarida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

3-o‘rin. «Fiorentina» – 31 ta futbolchi 117 million evro

roma2342342

Agar «binafshalar» Federiko Kezani Turinga ijara asosida qo‘yib yubormaganida, bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin egallamagan bo‘lar edi. To‘g‘ri, bu ijara aslida rasmiyatchilik xolos. Futbolchi ortga qaytmaydigan bo‘lib ketgan, ammo fakt baribir fakt bo‘lib qoladi!

2-o‘rin. «Chelsi» – 19 ta futbolchi 168,03 million evro

roma2342342

Bakayoko, Loftus-Chik, Barkli, Tomori, Batshuayi, Malanga Sarr, Ampadu, Kenedi, Dzappakosta, Drinkuoter va Viktor Mozes hozirda boshqa jamoalar sharafini himoya qilmoqda. Bu yigitlarning transfer huquqi to‘liq «Chelsi»ga tegishli. Aslida, «Chelsi» bu ro‘yxatning yakka peshqadami edi, biroq Edegorning Londonga ko‘chib o‘tishi vaziyatni o‘zgartirib yubordi.

1-o‘rin. «Real» – 9 ta futbolchi 183,5 million evro

roma2354255

«Real» so‘nggi yillarda o‘z futbolchilarini ijara asosida boshqa jamoaga jo‘natishni urfga aylantirib yubordi. Ayniqsa, Zidan qo‘l ostida futbolchilar boshqa klublarda omadli to‘p surmoqda. Klub bir necha kun avval Martin Edegorni ham omadini sinab ko‘rish uchun qo‘yib yubordi. Norvegiyalik yigitning transfermarktdagi narxi 40 million evroni tashkil etadi. Agar Madrid klubiga tegishli futbolchilar mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazsa, «Qirollik klubi» ro‘yxatimizdagi o‘rnini yanada mustahkamlab olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!