
Iguain va Xedira Pirloning talabini inobatga olmadi
Andrea Pirlo “Yuventus”ni qabul qilib olishi bilan tarkibni isloh kirishga kirishgan va birinchilardan bo‘lib, Gonsalo Iguain, Blez Matyuidi va Sami Xedira ketishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Shundan so‘ng, frantsiyalik jahon chempioni o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilib, boshqa jamoaga o‘tib ketdi. Biroq, Sami Xedira va Gonsalo Iguain Turinda qolish ilinjida shartnomani bekor qilishdan bosh tortmoqda.
Bunga ularning maoshi sabab bo‘lyapti. Chunki Iguain klubdan yiliga 7,5 million evro, Xedira esa 6 million evro mablag‘ oladi.
Fikrlar