
Iguain: Ronaldu “Real”dagi birinchi mavsumida 26 ta gol urdi, men esa 27 ta
"Inter Mayami" hujumchisi Gonsalo Iguain "Real" Madriddagi faoliyatini esladi.
"Men etti yilni tarixdagi eng yaxshi jamoada o‘tkazdim. Ushbu klubda 100 dan ortiq gol urdim va 15 ta chempionlikni qo‘lga kiritdim. Bu natijalar meni “Real” Madrid safidagi eng yaxshi argentinaliklardan biriga aylantirdi.
Krishtianuning "Real"ga kelgan birinchi mavsum men 27 ta gol urdim, u esa 26 ta gol kiritdi. Keyin esa u mavsum davomida 50 ta gol kiritishni boshladi. Qanday qilib 50 ta gol urish mumkin?! Bilmayman”, — deya Iguainning so‘zlarini keltiradi “El Mundo”.
Fikrlar