Iguain MLS klubida qancha maosh oladi?

  • 13 sentabr, 2020, 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”dan ketishga yaqin turgan hujumchi Gonsalo Iguain “Inter Mayami” bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

Unga ko‘ra, 32 yoshli argentinalik futbolchi MLS klubi bilan 2022 yilning dekabrigacha shartnoma imzolaydi va yiliga 7,5 mln evro maosh oladi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Bundan avvalroq esa “Yuventus” Iguain bilan amaldagi shartnomani bekor qilgani uchun unga 2,5 mln evro tovon puli to‘lashi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!