Iguain Messiga: U erda seni tepib tashlashadi!

  • 20 avgust, 2020, 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain hamyurti Lionel Messiga yangi jamoa tanlashda Angliyaga bormaslikni maslahat berdi. Uning o‘zi faoliyati davomida “Chelsi”da to‘p surgan edi.

Tecno

- Angliyada jamoalaridagi himoyachilar shkafga o‘xshaydi. Ular seni tepib tashlaydi va hakam bunga yo‘l qo‘yib beradi. Angliya ligasida men ko‘p “kaltak eganman”. Yarim yilda ham ko‘nika olmadim, - dedi Gonsalo Iguain.

“Manchester Siti” rahbariyati argentinalik hujumchini o‘z safiga chorlamoqda va uni olib kelish uchun har qanday xarajatga tayyor ekanini bildirgan.

Lionel Messi Chempionlar ligasida Angliya jamoalarga qarshi jami 34 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilishgan muvaffaq bo‘lgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!