Ibrohimovich o‘rniga yangi yulduz keladi

  • 19 may, 2021, 00:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida faxriy futbolchi Zlatan Ibrohimovich o‘rnini bosa oladigan hujumchi oladigan bo‘ldi.

Tecno

Milanliklar nishonida argentinalik to‘purar Mauro Ikardi bor. Bu futbolchi A Seriyada o‘ynash tajribasiga ega. U o‘z vaqtida, “Inter”da porlagan va keyinchalik PSJga o‘tib ketgan edi.

“Milan” Mauro Ikardi keyingi besh yilda jamoaning asosiy hujumchisi sifatida to‘p tepishini istamoqda.

Ikardining o‘zi ham Parij klubini tark etib, Italiyaga qaytish fikrini ilgari surmoqda. Chunki hujumchi PSJdagi kuchli raqobat tufayli o‘zi istaganidek o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Joriy mavsumda Ikardi 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!