
Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning Rossiya chempionati ilk turidagi o‘yini yomon emas
RPL 1-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" Moskva - "Nijniy Novgorod" uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Dastlab, 52-daqiqada Vilson Izidor hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada Vyacheslov Krotov muvozanatni tikladi. Shuningdek, nijniy novgorodliklar futbolchisi Timur Suleymanov 28-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan Kerjakov shogirdlari yakunda mag‘lubiyatga uchramadi. Shu tariqa, jamoalar ilk turda bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Qayd etish lozim, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 73-daqiqada zaxiraga olindi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi whoscored.com portali futbolchilarning harakatlarini baholadi. Unga ko‘ra hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 6.4 ballga loyiq ko‘rildi. Bu jamoadoshlariga qo‘yilgan ballar ichida o‘rtachisi hisoblanadi.
Fikrlar