
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Superligaga qaytish arafasida!
O‘tgan yil "Qayrat" bilan Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Superligaga qaytishi mumkin.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, 23 yoshli himoyachi yangi mavsumni "Neftchi" safida o‘tkazishga yaqin turibdi. Futbolchi va klub o‘rtasidagi muzokaralar final qismida.
Ma’lumot uchun, Yo‘ldoshev "Nijniy Novgorod" futbolchisi hisoblanadi va uning rus klubi bilan 2025 yilga yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomasi bor.
Fikrlar