
Ibragimovich va Donnarumma "Milan"dan nega ketmoqchi?
Zlatan Ibragimovich va Janluiji Donnarumma yozda "Milan"dan ketishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar klub futbol bo‘limi boshlig‘i Zvonimir Boban va texnik direktori Paolo Maldinilar jamoadan ketishsa yuqoridagi ikki futbolchi ham “rossonerilar” safidan ketadi. Chunki, aynan Boban va Maldini Zlatanni “Milan”da o‘ynashga ko‘ndirgan.
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi ikki funktsioner klub rahbariyati bilan kelisha olmayotgani sabab jamoadan ketishmoqchi.
Fikrlar