Husanovning transferi eng qimmatlaridan biri bo‘ldi!

  • 5 fevral, 18:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TNT Sports internet portali jahon futbolida qishki transferlar oynasining eng qimmat transferlari reytingini tuo‘ib chiqdi.

Tecno

Kuchli o‘nlikka kiritilgan transfer orasida eng qimmati “An-Nasr”ning xaridi bo‘ldi. Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan jamoa uning yoniga 77 million evroga iste’dodli hujumchi Jon Duranni olib keldi.

E’tiborli jihati shundaki, yanvar oyida transferlarga eng ko‘p xarajat qilgan klub “Manchester Siti” bo‘ldi. Bu jamoaning to‘rtta transferi “top-10”ga kiritildi.

2025 yilning eng qimmat transferlar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Jon Duran — “An-Nasr”ga o‘tdi, € 77 mln.

Umar Marmush — “Manchester Siti”ga o‘tdi, € 75 mln.

Xvicha Kvaratsxeliya — PSJga o‘tdi, € 70 mln.

Niko Gonsales — “Manchester Siti”ga o‘tdi, € 60 mln.

Xavi Simons — “RB Leyptsig” o‘tdi, € 50 mln.

Galeno — “Al-Ahli”ga o‘tdi,  € 50 mln.

Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”ga o‘tdi, € 40 mln.

Viktor Reys — “Manchester Siti”ga o‘tdi, € 37 mln.

Luis Enrike — “Zenit”ga o‘tdi, € 33 mln.

Santyago Ximenes — “Milan”ga o‘tdi, € 32 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!