Husanovning jamoadoshi Mbappening burnini sindirganidan keyin nimalar dedi?

  • 19 iyun, 2024, 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionatining “D” guruhidagi birinchi tur uchrashuvida Avstriya va Frantsiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Tecno

Frantsiyaliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan bellashuvning kulminatsion nuqtasi jahonning eng qimmat futbolchisi Kilian Mbappe jarohat olgan vaziyat bo‘ldi.

Raqib himoyachisi Kevin Danso bilan to‘qnashuv oqibatida Kilian Mbappening burni sindi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Frantsiya terma jamoasi sardori endi guruh bahslarida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.

Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, Mbappe  21 iyun kuni Niderlandiya va 25 iyunda Polshaga qarshi bo‘ladigan guruh  bahslarini aniq o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.

Shifokorlar pley-off bahsi oldidan Mbappeni yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazadi. Hozircha, mashhur  futbolchining keyingi bosqichda o‘ynashiga ham hech qanday kafolat yo‘q.

Ko‘p narsa davolanishning qanday kechishi va guruh bosqichidan keyin o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar kutilmagan vaziyatlar kelib chiqmasa, to‘purar hujumchi maxsus himoya niqobida pley-off o‘yinlarida maydonga tushishiga ruxsat berilishi kutilmoqda.

Mbappening jarohatiga sababchi bo‘lgan Kevin Danso vaziyat bo‘yicha o‘z mulohazasini aytib, raqibidan uzr so‘radi.

- Kilian Mbappe biz bilan bo‘lgan uchrashuvda jarohat olganidan juda ham afsusdaman. Men unga barcha yaxshiliklarni tilayman va imkon qadar tezroq maydonga qaytishiga umid bildiraman, - deb yozdi Kevin Danso ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Mbappega jarohat etkazgan Kevin Danso o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. Avstriyalik tajribali himoyachi “Lans” jamoasida legionerimiz Abduqodir Husanov bilan birga bir pozitsiyada o‘ynaydi.

Lanslik muxlislar va murabbiylar shtabi 20 yoshli futbolchimizni “Lans”ning asosiy himoyachi bo‘lgan Kevin Dansoning o‘rinbosari sifatida e’tirof etadi.

Tezkor: Taniqli legionerimiz jamoasini tark etdi!

Legionerimiz turklarni qanday hayratga soldi?

O‘zbekistondan yana bir jahon chempioni – superbokschi etishib chiqmoqda!

Shomurodovni olish oson bo‘lmayapti...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!