"Husanovni ikki yilcha oldin ko‘rgandim" - Andrey Arshavin "Andijon"ga qarshi o‘yin va Abduqodir haqida

  • 25 fevral, 11:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, “Andijon”ning “Zenit”-2 ga qarshi o‘yinni Rossiya futbolining afsonalaridan biri Andrey Arshavin ham bevosita stadionda kuzatib bordi.

Tecno

Aytib o‘tganimizdek, u hozirda “Zenit” klubi boshqaruv raisining sportni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Arshavin “Zenit” klubi akademiyasiga, u erdan etishib chiqayotgan futbolchilarga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Rossiya futboli yuluzi “Andijon”ga qarshi uchrashuvdan keyin mazkur o‘yin, futbolimiz va Xusanov haqidagi savollarga javob berdi.

- Andrey Sergeevich, avvalo, o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz!

- O‘yindagi ustunlik to‘liq sizning jamoaningizda bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa almashtirishlardan so‘ng bizning jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. O‘zi bu kabi bahslarda, yig‘inlarda bunday bo‘lishi oddiy hol. Aynan yig‘in uchun mos va xos bellashuvlar sirasiga kiradi. O‘yindan qoniqdik.

- "Andijon" haqida nima deya olardingiz?  Masalan, o‘tgan yili Kubok sohibi bo‘ldi...

- Kubok sohibi bo‘lganinglarni olqishlayman. O‘zaro o‘yinimiz oldidan klubingiz haqida materiallarni o‘rganib chiqdik. Hujum chizig‘idagi futbolchilaringiz ancha tezkor. Ular himoyachilarimizga bir muncha muammolar tug‘dira oldilar. Adashmasam, sizlarda o‘tgan yili rossiyalik futbolchi Luka Zgurskiy ham o‘ynagan.

- Sizni o‘zbek futboli haqidagi fikrlaringiz ham biz uchun qiziq...

- Yaqinda “Manchester Siti”ga o‘tgan o‘yinchingiz sabab hozir juda ham ko‘pchilik futbolingizga qiziqib qolgan. Shaxsan o‘zimga kelsak, ligangiz xususida unchalik ko‘p narsa bilmayman. Eldor Shomurodov - bu vakilingiz Rossiya chempionatida o‘zidan iz qoldira olgan...

- Aynan Abduqodir Husanov haqida to‘xtalmoqchi edim. O‘z vaqtida Rossiyaning kuchli klublari skautlari uni ko‘zdan qochirishgan. U Belarus chempionatiga ketdi, u erdan “Lans”ga va mana endi “Manchester Siti” futbolchisi!

- Ha, u juda tez ko‘tarildi. Lekin Husanovni alohida kuzatgan emasman. Ammo faoliyatida bunchalik tez o‘sish va o‘zgarishlar kishini hayron qoldiradi. Uni adashmasam, ikki yilcha oldin terma jamoangiz jahon chempionatigami yoki saralashigami tayyorgarlik ko‘rgan mahalida ilk bor ko‘rgandim. Yaxshi o‘yinchi! Baribir Angliyada unga oson bo‘lmaydi. Avvalo, Husanov ingliz futboliga to‘la moslashishi zarur.

- Oxirgi savol: O‘zbekiston terma jamoasi JChga chiqish yo‘lida saralash bosqichida astoydil harakat qilib kelyapti. Jamoamiz, uning imkoniyatlari haqida biroz to‘xtalib o‘tsangiz...

- Termangiz ijrosidagi o‘yinlardan birortasini ko‘ra olmadim. Shu bois uning imkoniyati borasida biror narsa deya olmayman. Ammo hozirda sizlarda yaxshi avlod etishib chiqmoqda. Demak, imkoniyatingiz bor.

- Rahmat!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
27/02/2025 08:42
Ўзбекистон терма жамоасининг жаҳон чемпионатига чиқиши ўзимизнинг тренер ва футболчиларга боғлиқ
Baxil Alihuja
25/02/2025 15:20
интервьюни олган журналист ковун экан, шугака саволлар хам беради-ми?
худдики, аршавин узбек футболини билиши шарт-у, ва унинг фикри жуда мухим булса хам майлин экан!