Husanov jamoasi qarorini o‘zgartirishi kutilyapti

  • 7 may, 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” uchun mavsumning hal qiluvchi pallasi biroz ijobiy davom etmoqda. Xosep Gvardiola shogirdlari bir necha muhim ochkolarni qo‘lga kiritib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tecno

Garchi “Liverpul” muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirib, bu unvonga to‘rt yil egalik qilgan “Manchester Siti”dan uni tortib olgan bo‘lsa-da, “shaharliklar” nazariy jihatdan ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniga ega.

Buning uchun Xosep Gvardiola shogirdlari qolgan uchta uchrashuvda maksimal ochko to‘plab, uch ochko ilgarilab ketgan “Arsenal”ning mag‘lub bo‘lishini kutishga majbur. “Kanonirlar”ning odatdagidek, chempionat oxirida charchab qolgani va qimmatli ochkolarni yo‘qotayotgani “Siti” vakillarida ikkinchi o‘rinni egallash umidini uyg‘otdi.

“Arsenal” ketma-ket beshta uchrashuvdan to‘rttasida ochko yo‘qotdi. “Manchester Siti” esa, bu turlarda to‘rtta g‘alaba va bitta durang qayd etdi.

“Manchester Siti”ning so‘nggi o‘yinlardagi muvaffaqiyatlariga Kevin de Bryuyne juda katta hissa qo‘shyapti. Yaqinda belgiyalik futbolchi mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishini bildirgandi.

Bir oydan keyin 34 yoshga to‘ladigan pleymeyker ketishi kerakligini klub u bilan yangi shartnoma tuzmalikka qaror qilganidan keyin tushunib etganini aytgandi. Biroq hozir vaziyat o‘tgandi. Hali yuqori saviyada o‘ynay olishini isbotlagan o‘yinchi klub xo‘jayinlari qarorini o‘zgartirib, unga yangi shartnoma taklif qilishini kutyapti.

Kevin de Bryuynening o‘zi ham agar klubdan taklif bo‘lsa, ketish fikridan qaytishi mumkinligini ta’kidlamoqda. U o‘zini yuqori darajada o‘ynashga qodir, deb hisoblayapti.

2015 yildan beri “Manchester Siti”da to‘p tepayotgan legioner hozirga qadar 418 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 108 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga 177 marotaba assistentlik qilgan. Give Me Sport nashrining ma’lum qilishicha, ayni paytda tajribali o‘yinchi klub qarorini o‘zgartirishini intizorlik bilan kutyapti.

Gvardiola o‘zini qiynagan murabbiy nomini aytdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘tgan yili yozda “Liverpul”ni tark etgan germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp haqida fikr bildirdi.

- Murabbiylik faoliyatim davomida eng qiyin sinov Yurgen Kloppning “Liverpul”i bilan raqobatlashish bo‘lgan. Yurgen tufayli har doim bosh og‘rig‘iga duchor bo‘lganman.

Men murabbiylar xonasida Kloppni qanday to‘xtatish haqida bosh qotirib, juda ko‘p vaqt o‘tkazardim.Faoliyatim davomida undan kuchli raqib bo‘lmagan, - dedi Xosep Gvardiola.

Har ikki murabbiy Angliya Premer-ligasidagi faoliyatini deyarli bir paytda boshlagan. Ispaniyalik mutaxassis Manchesterga 2016 yili kelgan bo‘lsa, nemis murabbiyi 2015-2024 yillar davomida “Liverpul” ustozi sifatida ishlagan. Ayni paytda Klopp Red Bull kompaniyasi rahbarlaridan biri bo‘lib faoliyat ko‘rsatmoqda.

“Siti” raqib futbolchisini olib qo‘ymoqchi

“Manchester Siti” mutasaddilari raqib jamoalar tarkibida o‘ynayotgan o‘yinchilar orasida Xosep Gardiola uslubiga mos tushadigan futbolchilarni ham kuzatib kelmoqda.

Ayna shunday o‘yinchilardan biri “Nottingem Forest”dan topildi. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, manchesterliklar “o‘rmonchilar” etakchilaridan Morgan Gibbs-Uaytga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Shaharliklar” 25 yoshli futbolchi transferini yozda amalga oshirmoqchi. Bu yarim himoyachi 50 million evroga baholanmoqda. Talab qilinayotgan summa manchesterliklarni qoniqtiradi.

Gibbs-Uayt joriy mavsumda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib beshta gol va to‘qqizta assist qayd etdi. Uning “Nottingem Forest” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha amal qiladi.

Bu ishni o‘zbek futbolchilari zo‘r eplaydi

Shomurodov Rimni oyoqqa turg‘azdi!

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!