
Husanov: "Bu jamoa mening qalbimda abadiy qoladi"
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng "Lans" muxlislari bilan xayrlashib, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
"Yuragimda alohida o‘rin tutgan va Evropadagi ilk ajoyib sarguzashtim bo‘lgan "Lans" klubi bilan xayrlashish vaqti keldi.
Meni samimiyat bilan qabul qilgan Frantsiyaga katta raxmat aytmoqchiman. Frantsuz xalqi juda mehmondo‘st hisoblanadi. Menga ushbu davlatning tili, madaniyati va albatta futboli ham juda yoqdi.
Bir yarim yil davomida meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Menga ishonch bildirgan va o‘sishimga yordam bergan murabbiylar Vill Still va Frank Xaysega alohida o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Faoliyatimda meni yangi sinovlar kutmoqda, ammo bu klubda boshdan kechirganlarimni hech qachon unutmayman. Bu jamoa har doim mening qalbimda abadiy qoladi. "Lans"da o‘ynaganimdan faxrlanaman"- dedi 20 yoshli himoyachimiz.
Fikrlar