Husanov "boshqacha" o‘ynayapti!

  • 6 yanvar, 20:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolining eng nufuzli insayderi Fabritsio Romanoning “Manchester Siti” Abduqodir Husanov uchun kurashga qo‘shilgani haqidagi xabari futbol ekspertlarini o‘zbekistonlik himoyachining imkoniyatlari va salohiyatini yana bir karra tahlil qilib chiqishga sabab bo‘ldi. Chunki “shaharliklar” bosh murabbiy Xosep Gvardiola tasdig‘ini olmasdan, birorta transfer bo‘yicha harakat boshlaymaydi. 

Tecno

“Lans”ning 20 yoshli markaziy himoyachisiga xaridor bo‘lgan klublardan biri “Chelsi” faoliyatini yoritib kelayotgan Chelseanews  portali ekspertlari Abduqodir Husanovning himoyachilik mahoratini “Pari Sen-Jermen” sardori Markinos va “Chelsi” yulduzi Levi Kolvill bilan solishtirdi.

Sports.uz portali ushbu nashrning Abduqodir Husanov bo‘yicha tahlilini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisiga “Chelsi”, “Tottenxem”, “Aston Villa”, “Nyukasl”, “Manchester Siti” kabi yana bir qator Angliya Premer-ligasi klublari ko‘z tikmoqda. Husanov 2023 yilning yozigacha Minskda o‘ynagan va uning transferi kulgili narx – 400 ming evroga baholangan edi.

Oradan 1,5 yil o‘tib, Abduqodir Evropaning eng salohiyatli va kelajagi porloq markaziy himoyachilaridan biriga aylandi.

Husanovning ustunligi nimada?

Abduqodir juda tezkor, lekin Evropada tez yuguradigan himoyachilar ko‘p. Qolaversa, markaziy himoyachilarning darajasini aniqlashda tezlik har doim ham asosiy ko‘rsatkich bo‘lavermaydi. Husanov o‘ynayotgan Frantsiya chempionatida Maksans Lakrua va Lukas Klasterma kabi tezkor himoyachilar etishib chiqqan, lekin ular jahon darajasidagi himoyachilarga aylana olgani yo‘q.

Fbref skautlik markazlari kabi ochiq tashkilotlar ekspertlarining tadqiqoti natijalari Abduqodir Husanovning himoyachilik qobiliyati uni jahon darajasidagi himoyachilar etaloni hisoblangan Tyago Silva bilan bir qatorga olib chiqayotganini ko‘rsatmoqda.

“Lans” himoyachining eng muhim ustun tomonlaridan biri – to‘pni egallab olishdagi shiddatli va muvaffaqiyatli o‘ynash olish qobiliyatidir. Husanov yakkakurashlarda ham ustunlik qila olishiga qaramay, yakkama-yakka kurashga kirishmaslikni, ishni ungacha olib bormay, oldindan to‘pni egallashni va shu orqali raqib hujumini buzishni ma’qul ko‘radi. Aynan mana shu xususiyati o‘zbek futbolchisini boshqa himoyachilardan yaqqol ajratib turadigan jihat hisoblanadi.

Abduqodirning o‘yinlarini ko‘rib, bu yigit yaqindagina Angliya Premer-ligasidan Frantsiyaga ko‘chib o‘tibdi, degan taassurot uyg‘onadi. Chunki Angliyadagi himoyachilar aynan Husanov uslubida to‘p tepadi. Husanovning temp va shiddatli o‘yin uslubi uni boshqalardan ajralib turishi va transfer bozorida ko‘zga ko‘ringan figuraga aylanishiga asos bo‘lmoqda.

Agar Husanovni “Chelsi”ning eng zo‘r markaziy himoyachisi Levi Kolvill bilan solishtirsak, “Lans” vakili angliyalik hamkasbidan umuman qolishmaydi, balki ayrim jihatlar bo‘yicha undan ustun ekani ko‘zga tashlanadi. Tahlilimiz yanada batafsil bo‘lishi uchun Frantsiya chempionatining PSJda o‘ynayotgan eng kuchli himoyachisi Markinosni ham qo‘shib, Husanov bilan solishtiramiz.

Demak e’tibor bering:

Joriy mavsumning birinchi qismida Abduqodir Husanov umumiy hisobda 98 ta himoyaviy harakatni amalga oshirdi, shulardan 26 tasida to‘pni egallab oldi, 22 tasida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi.

Mavsumning bu qismida Kolvill 93 ta va Markinos 59 ta himoyaviy harakatni uddaladi. Abduqodirning to‘pni egallab olishdagi ko‘rsatkichiga etish uchun Markinos va Kolvillning bu boradagi natijalarini qo‘shib hisoblash kerak.

Husanovning bunday katta ustunlikka erishishi nafaqat uning jismoniy holati va tayyorgarligi yuqoriligi, balki o‘yinni “o‘qish” qobiliyatining yuqori darajada shakllanganiga ham bog‘liq ekanini ta’kidlash lozim.

Yuqorida Husanov yakkakurashga kirishishdan ko‘ra, to‘pni oldindan egallab olishga harakat qilishini zikr qilingan edi. Bu aslo Abduqodirning nozik tomoni, deb bo‘lmaydi. Quyidagi statistik o‘zbek futbolchining yakkakurashlarda “Chelsi” va PSJ vakillaridan ustun ekanini ko‘rsatmoqda.

Yuqoridan kelayotgan to‘p uchun kurash:

Kolvill – 56,9 foiz g‘alaba;

Tajribali Markinos – 60,6 foiz g‘alaba;

Yosh Husanov— 69,2 foiz g‘alaba.

Progressive Passes Received tadqiqot markazi juda nozik jihatga e’tibor qaratdi. Abduqodir Husanov raqib jarima maydonchasidan 10 metrdan katta bo‘lmagan masofada hujumni rivojlantiruvchi aniq pas berish bo‘yicha benazir himoyachi himoyachi hisoblanadi.

O‘zbek legionerida ana shunday manzili aniq to‘p uzatishlar soni oltitani tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich Markinosda uchta va Kolvillda to‘rtta ekani qayd etilgan.

Abduqodir Husanovning to‘pni egallab olish va yakkakurashlardagi ustunligi, tezkorlik xususiyatlari, o‘yinni o‘qish qobiliyati, jismoniy kuch-quvvatini inobatga olsak, nega bu himoyachi Evropa top-klublari orasida talash bo‘layotgani oydinlashadi, - deb yozmoqda Chelseanews  portali.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsum “Lans” safida barcha turnirlarda 16 marotaba maydonga tushib, bitta assist qayd etdi. Legionerimiz hisobida bitta qizil va ikkita sariq kartochka ham bor.

“Manchester Siti”: Husanov uchun “Lans” so‘ragan pulni beramiz!

“Bo‘rilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqa da’vogarlar “qimirlab” qoldi!

Buni butun dunyo kutgandi! “Lans” ustozi Husanovga Gvardiola qiziqayotganiga qanday munosabat bildirdi?

Shomurodov uchun kurashga jiddiy klub qo‘shildi!

“Roma” Shomurodovni qaysi jamoaga beradi?

Fayzullaev: Yaqinlarimni Monakoga olib ketaman!

Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мирзаакбар
06/01/2025 20:04
Зайбал қилишдингку , Хусановдан бошқа мавзу йўқми сенларда.Битта кассетани олдидан орқага,орқадан олдига айлантиравериб зерикишмадингми