
"Humo"ning "Saryarqa"ga qarshi bellashuvida nimalar sodir bo‘ldi? (video)
Toshkentning "Humo" hokkey klubi Qozog‘iston Kubogidagi yurishini boshladi.
"Qanotlilar" dastlabki bellashuvda mamlakat muntazam chempionati amaldagi g‘olibi "Saryarqa" klubi bilan kuch sinashdi. Qarag‘andaliklar safida Zlobin hamda Kleshenko tomonidan kiritilgan shaybalarga vakillarimiz Trunev va Rextinning aniq zarbalari evaziga javob qaytardi. Asosiy vaqt hamda overtaymda 2:2 hisobi qayd etilgach, tomonlar bulitlar seriyasiga murojaat qildi.
Unda mezbonlarning qo‘li baland keldi, 2:1. Quyida mazkur bellashuv videosharhini tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.
Fikrlar