"Humo"ning Qozog‘iston Kubogidagi ilk o‘yini taqdiri bullitlar seriyasida hal bo‘ldi

  • 24 avgust, 2022, 20:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" hokkey klubi Qozog‘iston Kubogidagi yurishini boshladi.

Tecno

"Qanotlilar" dastlabki bellashuvda mamlakat muntazam chempionati amaldagi g‘olibi "Saryarqa" klubi bilan kuch sinashdi. Qarag‘andaliklar safida Zlobin hamda Kleshenko tomonidan kiritilgan shaybalarga vakillarimiz Trunev va Rextinning aniq zarbalari evaziga javob qaytardi. Asosiy vaqt hamda overtaymda 2:2 hisobi qayd etilgach, tomonlar bulitlar seriyasiga murojaat qildi. 

Unda mezbonlarning qo‘li baland keldi, 2:1. Endi Popixin shogirdlari keyingi bahsni 26 avgust kuni "Aktobe"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!