
"Humo"ning o‘yinlariga qancha muxlis keldi?
Evgeniy Popixin shogirdlari ilk mavsumdayoq pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Biz esa "qanotlilar"ning muntazam chempionat doirasidagi uchrashuvlari statistikasiga e’tibor qaratishni lozim deb topdik.
Toshkentliklar o‘z maydonlarida jami 27 bahs o‘tkazishdi va mazkur bellashuvlarga jami 100289 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 3714 muxlis kelishini ta’minlaydi.
"Dinamo" Sankt-Peterburgga qarshi bellashuvda 6844 nafar tomoshabin "Humo-Arena"ga "qanotlilar"ni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurdi va bu joriy yilgi mavsum uchun rekord natijaga aylandi.
Fikrlar