
"Humo" xokkey klubi "Lada kubogi"da ishtirok etadi
Mavsum oldidan Evgeniy Popixin boshqaruvidagi "Humo" xokkeychilari Rossiya Federatsiyasining Tolyatti shahrida o‘tadigan "Lada kubogi"da ishtirok etishadi. 26-29 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqada OXLning yana uch jamoasi ishtirok etadi.
Bular "Lada" (Tolyatti), "Ijstal" (Ijevsk) va Samaraning TsSK VVS klublaridir. Ushbu turnir bir davrali tizimda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, musobaqada ishtirok etayotgan to‘rt klub o‘zaro uchtadan o‘yinda ishtirok etishadi va g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, "Lada kubogi" 2003 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan turnir sanaladi. 2015 va 2016 yilgi mavsumlarda unda Mintaqaviy xokkey ligasi (KXL) jamoalari ishtirok etishgan bo‘lishsa, 2010-2014 va 2018 yildan OXL klublari ham ishtirokchi jamoalar qatoridan o‘rin olgan.
Tolyattining "Lada" klubi mazkur turnirda sakkiz bor chempion bo‘lgan. Shuningdek, "Nefteximik" (2007), "Avtomobilist" (2016), "Sarov" (2010), "Toros" (2011 va 2012) hamda "Ijstal" (2018) jamoalari ham "Lada kubogi"ni qo‘lga kiritishgan.
Fikrlar