"Humo" ustozi "Lada"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 4 dekabr, 2019, 13:34
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi kecha Oliy Xokkey ligasi muntazam chempionati doirasida o‘z maydonida Tolyattining "Lada" klubini qabul qildi va 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Evgeniy Popixin ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Ba’zan mag‘lubiyatdan so‘ng bunga nima sabab bo‘lganini aniqlash uchun o‘yinni ko‘rsangiz teng uchrashuv bo‘lgani ma’lum bo‘ladi. Biz hech bir jabhada raqibga engilmadik. Balki ulardan ham ko‘proq vaziyatlar yaratdik, ammo biz ulardan foydalana olmadik, raqib esa foydalandi. Yosh darvozabonimiz yaxshi o‘ynay olmadi, himoyachilar ham. Bu xokkey hayoti. Jamoa natija uchun o‘ynayotganda tajribali xokkeychilar nima qilish kerak ekanligini yaxshi bilishadi. Biz yoshlarni ham bunga chorlayapmiz. 

Smiryaginning issig‘i balandi edi. Ammo u muzga tushgach barchasi o‘zgardi va qaytadan boshladik. O‘zingiz ko‘rdingiz, vaziyat yuzaga keldimi, foydalanish kerak. Ikki daqiqa qolganida gol kiritdik, chetlatish esa ortiqcha edi", - dedi Popixin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!