"Humo" "Spartak" tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 7 noyabr, 2019, 23:42
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Almetevskning "Neftyanik" jamoasi a’zosi Kirill Ablaev "Humo" jamoasi bilan 1 oylik shartnoma imzoladi. 23 yoshli iqtidor egasi bugun bo‘lib o‘tgan "Dizel"ga qarshi bellashuvda toshkentliklar safida debyut qildi.

Tecno

Afsuski, uning debyuti omadli chiqmadi va "qanotlilar" 1:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ma’lumot  uchun, Ablaev joriy yilgi mavsumda "Neftyanik" safida 3 ta bahsda muzga chiqdi va foydali harakatni amalga oshirmadi.

Qayd etish joiz, Kirill Moskvaning "Spartak" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!