
"Humo" sardori faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi (video)
Toshkentning "Humo" xokkey klubi sardori Aleksandr Sherbina faoliyatini Qarag‘andaning "Sariarka" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. Ushbu jamoa Oliy xokkey ligasidagi etakchi jamoalardan biri sanaladi. Jumladan, Petrov kubogini qo‘lga kiritgan so‘nggi klub ham aynan "Sariarka" klubidir.
31 yoshli xokkeychi o‘tgan mavsum "qanotlilar" safida 44 bahsda ishtirok etib, 9 ta gol kiritgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan edi.
Qayd etish joiz, Sherbina bunga qadar "SKA-Neva", "Severstal", "Sokol", "Dinamo" (Sankt-Peterburg), "Sochi", "Buran", "Neftyanik", VMF XK, "Vityaz" va SKA jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar