"Humo" mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi

  • 11 sentabr, 2022, 20:17
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentga xokkey havosi yana qaytdi. Yangi mavsumni Qozog‘iston ochiq chempionatida boshlagan “Humo” klubi ilk turni “Nomad” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

O‘yin avvalida o‘tkazilgan tantanali ochilish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Abdulla Aslanov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov so‘z olib, barcha xokkey ixlosmandlarini yangi mavsum boshlangani bilan qutlashdi.

Shiddatli kechgan bahsda Nur-Sultondan tashrif buyurgan xokkeychilar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. “Humo” klubining ma’lum qilishicha, bugungi o‘yinni tomosha qilish uchun arenaga 3257 nafar muxlis tashrif buyurgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shoyimov Mirzohid
12/09/2022 06:26
Номардлик килганда Номад