
"Humo" bosh murabbiyi shogirdlarini tanqid qildi
"Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin yaxshi boshlandi. Ilk daqiqadayoq Voronin birga gol holatga chiqib borib foydalana olmadi, ikkinchi marta yana shunday holat ro‘y berdi. Ikkita vaziyat - nol... Xokkey qonuni ishladi - birinchisini, ikkinchisini va uchinchisini qabul qilib oldik. Yaxshiki, jamoa ruhiy tushkunlikka tushib qolmadi.
Shuni aytishni istar edimki, ikkinchi davrda hisob 3:1 bo‘lib turgan vaqtda Yatsenkoda ikkita 100 % li imkoniyat yuzaga keldi, ammmo undan foydalana olmadi. To‘rtinchi gol esa bizni "o‘ldirdi". Himoyachi bunday xatolar qilishi mumkin emas.
Xali pley-off uchun kurash davom etadi. U oxirigacha bo‘ladi va biz ham har bir uchrashuvda boshidan oxirigacha o‘ynashimiz lozim. Biz har o‘yinda maydonga tushib, g‘alaba qozonishimiz kerak. Bu ishni boshidan kechirgan, jamoa asosini tashkil etadigan tajribali yigitlar bu erda birinchi o‘ringa chiqishi kerak. Murabbiylar - bu bitta narsa. Biz moslashtiramiz, taktika ustida ishlaymiz, ammo jamoada bu etakchilik rolini o‘ynash va uni bajarish uchun asosiy narsadir. Etakchilarga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.
Biz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edik va nimanidir o‘zgartirishim lozim edi. Smiryaginni almashtirishga qaror qildim. Yo‘q, Roman yomon o‘ynadi demoqchi emasman. Menimcha tanlovda adashmadim. Lozebnikov yaxshi harakat qildi", - dedi rossiyalik mutaxassis.
Fikrlar