“Humo arena” O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan yil jangiga tayyorlanmoqda

  • 9 mart, 2021, 18:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ko‘pchilik muxlislar intiqib kutayotgan jang yaqinlashib kelmoqda. 3 aprel kuni poytaxtimizdagi “Humo arena” muz saroyida "Rio-2016" Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, professional boksda WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jangi bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jangda chempionlik kamarlarini himoya qiladi. Shuningdek, mazkur jang anderkardida Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi nomdor bokschilarimiz ham ringga ko‘tariladi. Bu o‘zbek sportida chinakam tarixiy voqelikdir. Zero, ilk bor hamyurtimizning chempionlik kamarini himoya qiluvchi jangi Toshkentda, minglab muxlislar ko‘z o‘ngida o‘tishi kutilmoqda. Shubhasiz, ushbu jangga tayyorgarlik shunga yarasha yuqori saviyada bo‘lmog‘i darkor.

Tecno

photo_2021-03-09_17-20-40-1024x686

Bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi Qo‘mita mutasaddilari “Humo arena”ga tashrif buyurib, bo‘lajak boks kechasiga tayyorgarlik bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib borishdi. Uchrashuvda “Humo arena” direktori Rustam Mardiev, MOQ va O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillari, chiptalar bilan shug‘ullanuvchi i-ticket kompaniyasi mutasaddilari, tadbirlar tashkil qilish bo‘yicha PR kompaniyalar menejerlari ham ishtirok etishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Rustam Shoabdurahmonov bo‘lajak jang tashkiliy ishlarida hamkorlik qiladigan ushbu mutasaddilar bilan suhbatlashar ekan, unga har tomonlama puxta tayyorlanish zarurligini ta’kidladi.

- Muhtaram Prezidentimiz yurtimizda sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sport targ‘ibotiga juda katta ahamiyat qaratmoqdalar. Buning uchun avvalo, mamlakatimizda katta sport tadbirlarini tashkil qilishimiz lozim. Bu borada kuni kecha nihoyasiga etgan dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri misol bo‘la oladi. Ana endi bor e’tiborimizni ushbu boks kechasiga qaratishimiz va uni ham yuqori saviyada tashkil qilishimiz kerak, – dedi MOQ raisi.

photo_2021-03-09_17-21-04-1024x686

Suhbat davomida boks oqshomiga tashrif buyuradigan muxlislar uchun chinakam sport havosini taqdim qilish, har qadamda boks va sport atmosferasini berib turadigan turli bezaklar, bannerlar, ko‘rgazmalar, o‘zbek boksining boy tarixini namoyish qiladigan eksponatlar tashkil qilish, barcha bokschilarimiz, jumladan, asosiy jangda qatnashuvchi Murodjon Ahmadalievning nomini yoshlarimiz uchun chinakam qahramon sifatida gavdalantirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish borasida ko‘rsatmalar berdi.

photo_2021-03-09_17-21-25-1024x686

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!