
Hujumchi degani mana shunday bo‘ladi!
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolang Premer-liganing 33-turida “Arsenal” darvozasini ishg‘ol qilib, chempionatdagi 33-golini nishonladi.
Bu ko‘rsatkich orqali 22 yoshli hujumchi “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh 2018 yilda o‘rnatgan rekordni yangiladi. Misrlik futbolchi o‘shanda raqiblar darvozasini 32 marotaba ishg‘ol qilgandi.
Angliya chempionatida bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord natija “Nyukasl”da o‘ynagan Endi Koul va “Blekbern” hujumchisi bo‘lgan Alan Shirerga tegishli. Har ikki futbolchi 34 tadan gol muallifi bo‘lgan. Biroq, o‘shanda Angliya chempionatida bir mavsumda jami 42 ta uchrashuv o‘tkazilar edi. Hozir o‘yinlari soni 38 tani tashqil qilmoqda.
Shunga qaramay, Xoland yana ikkita to‘p kiritsa, mutlaq rekord sohibiga aylanadi. Buning uchun norvegiyalik hujumchi ixtiyorida yana ettita o‘yin bor.
Fikrlar