Hozirdan boshlandi! "Roma" o‘rtoqlik o‘yinida mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov esa...

  • 20 iyul, 2022, 01:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik o‘yini doirasida "Roma" hamda "Sporting" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda rimliklar 3:2 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi. 

Portugaliya klubi safida Gonsalo Inasiu, Pedru Gonsalvesh hamda Brunu Vinisius gol urgan bo‘lsa, "bo‘rilar"dan Pellegrini raqib darvozasiga yo‘l topa oldi, shuningdek, Inasiu avtogol muallifiga aylandi. 

Garchi, mazkur o‘yin o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa ham hamyurtimiz Eldor Shomurodov maydonga tushirilmadi.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!