
Holandga yana bir xaridor chiqdi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. "Todofichajes" portali xabariga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi boshqa ingliz grandi sharafini himoya qilishi imkoniyatiga ega.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" skandinaviyalik yulduz bilan shartnoma imzolamoqchi. “Qizil iblislar” anchadan buyon bombardir hujumchi qidirmoqda. Tabiiyki, Holandning kelishi bu masalani ko‘p yillar davomida yopadi.
Ayni paytda Erling 180 million evroga baholanmoqda. Hujumchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Premer-liganing joriy mavsumida 23 yoshli forvard 17 uchrashuvda 14 ta gol urdi.
Fikrlar