Hojimat Erkinovning debyutidan mamnunmi? "Torpedo" bosh murabbiyi javob berdi

  • 17 iyul, 2022, 21:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - "Sochi" uchrashuvidan so‘ng moskvaliklar bosh murabbiy Aleksandr Borodyuk matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Natijadan mamnun emasmiz. Mag‘lubiyat bizni hech qachon qoniqtirmaydi. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkaza olmadik. Ammo bu RPLdagi ilk o‘yinimiz ekanini unutmaslik lozim. Shuning uchun ba’zi harakatlarimiz o‘xshamadi, Premer liga bahsi mashg‘ulotdagidan farq qiladi. Bir oliy divizionga ko‘nikishimiz kerak.

Ikkinchi taymda o‘zgarishlarga qo‘l urdik, bu bellashuv tizgini biz tomonga og‘ishiga sabab bo‘ldi. 30 daqiqa davomida yaxshi futbol namoyish etdik. "Sochi"da ancha tajribali jamoa bor. Zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirishda biroz xatoga yo‘l qo‘ydim. Ryazantsov hamda Karaev so‘nggi daqiqalarda umuman yugurmadi. Erkinovni maydonga tushirdim, u bizga yordam berishi kerak edi. Umid qilamanki, u hali o‘zini ko‘rsata oladi.

- Jamoaga yangi kelganlar - Karaev, Turishev va Erkinovning debyutidan mamnunmisiz?

Ularga o‘ziga bo‘lgan ishonch kerak. RPLda istalgan futbolchi tezroq o‘ylash va harakat qilishga majbur. Biz yosh o‘yinchilarni maydonga tushirish orqali tezlikni oshirmoqchi edik. Ularning barchasi 20 yoshda. Futbolda bir-birini so‘zsiz tushunish degan tushuncha bor. Umid qilamanki, shogirdlarim keyingi bellashuvlarda tajribasini yanada oshiradi. Ularning ko‘zlari yonib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!