Birinchi golini urgan legionerimiz nimalar dedi?

  • 3 mart, 2024, 19:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi jamoalarining bir necha oy davom etgan qishki tanaffusdan keyin 2024 yildagi ilk uchrashuvlari chempionatning 19-turiga to‘g‘ri keldi.

Tecno

Eng qiziqarli o‘yinlardan biri musobaqa peshqadami “Krasnodar” va o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Premer ligaga yo‘llanma olgan “Rubin” jamoalari o‘rtasida kechdi.

gallery-image-19-tur-rpl-krasnodar-rubin-67

Uchrashuvga mezbonlik qilgan "Krasnodar" birinchi bo‘limda nigeriyalik legioner Olakunle Olusegunning aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi. Biroq bu jamoaga o‘yinni g‘alaba tugatish nasib qilmadi. 90-daqiqada “Rubin”ning o‘zbekistonlik legioneri Rustamjon Ashurmatov boshi bilan darvoza to‘rini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1.

Ushbu bahsdan keyin o‘yin qahramoni Rustam Ashurmatov intervyu berdi.

- Gol urilgan kombinatsiya oldindan tayyorlanganmidi? Uni mashq qilganmisizlar?

- Har bir uchrashuvdan oldin standart vaziyatlar bo‘yicha ishlaymiz, shuning uchun bu vaziyatga tayyor edim. To‘g‘risi, biz gol urishga yaqinlashib qolgandik. Agar men to‘p kiritmaganimda buni boshqa o‘yinchi amalga oshirardi.

- Kadrlar yo‘qotilishini inobatga olganda, bu ochko qanchalik muhim?

- Juda qadrli. “Krasnodar” chempionat peshqadami, shuning uchun ham ochko olish muhim edi.

- Rejalashtirilganlarning hammasi amalga oshdimi?

- Umuman olganda, ha. Bosh murabbiy so‘raganlarini hammasini bajarishga harakat qildik. Biroq, bosh murabbiy bizga yana nimalar bajarildi, qaysilari qolib ketganini yana tahlil qilib beradi.

- Jamoada kayfiyat qanday? Xuddi g‘alaba qozongandekmi?

- Ha. Albatta, bu uchrashuvda g‘olib chiqishimiz ham mumkin edi, biroq durang ham adolatli natija. Kayfiyat yaxshi.

- Mavsumning qolgan qismida jamoa oldida qanday vazifa bor?

- Birinchi davrada biz chempionatni yaxshi darajada boshlay olmadik, keyin ko‘tarila boshladi. Shunday ekan, eng asosiysi – shu darajamizni ushlab qolish va yanada yuqoriroqqa ko‘tarilishga harakat qilamiz.

- “Rubin” bu tarkib bilan kurashishga qodirmi?

- Albatta. Yangi futbochilar keldi, shundan kelib chiqib, hamma narsaga kuchimiz etadi.

6c181f980ad687bc7de19f3ba1b587c765e3455d55dcd524184922

Ta’kidlash joizki, bungacha O‘zbekiston va Janubiy Koreya chempionatlarida katta tajriba to‘plagan markaziy himoyachi “Rubin” safiga o‘tgan yilning yanvar oyida ko‘chib o‘tgan. O‘shanda qozonliklar birinchi ligada o‘ynardi va mavsum yakunida Premer-ligaga chiqdi.

Rustam Ashurmatov birinchi ligada beshta uchrashuvda qatnashib, bitta to‘p kiritgan edi. “Krasnodar” darvozasiga urilgan gol legionerimiz uchun Premer-ligadagi debyut gol bo‘ldi. Buning uchun Rustamga to‘qqizta o‘yin kifoya qildi.

Fayzullaevga erkinlik bering!

Fayzullaevni 60 million evrolik yulduzga tenglashtirishdi

Legionerimiz Evropa Chempionlar ligasida porlashni ko‘zlayapti

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
03/03/2024 11:38
Уберите рекламу.З.....ли уже.