Hibsga olingan sharhlovchi uy qamog‘iga o‘tkazildi

  • 4 yanvar, 16:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Dog‘istonlik mashhur sharhlovchi, bloger va jamoat arbobi Ramazon Rabadanov o‘tgan yil noyabrb’ oyi boshida Maxachqal’ada hibsga olingandi. U avvalroq tergov izolyatorida edi. Bu haqda Dog‘iston jamoatchilik nazorati komissiyasi raisi Shamil Xadulaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilgan.

Tecno

“Bugun Maxachqal’a shahrining Kirovskiy tuman sudida Ramazon Rabadanovni hibsga olish muddatini uzaytirish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Natijada sudya Gadisovning qarori bilan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, Ramazon Alibekovich uy qamog‘iga o‘tkazildi!” — deb yozdi Xadulaev.

Avvalroq, Ramazonga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 222.1 moddasi 1-qismi (“Portlovchi moddalar yoki portlovchi moslamalarni qonunga xilof ravishda olish, o‘tkazish, sotish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki olib o‘tish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!