Hech kimga kerak bo‘lmay turgan o‘yinchini birdaniga grandlar talashib qoldi

  • 13 avgust, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” mutasaddilari frantsiyalik hujumkor futbolchi Kingsli Komanga o‘tgan mavsum oxirida tezroq boshqa jamoa topish kerakligini uqtirgandi.

Tecno

28 yoshli tajribali o‘yinchiga har mavsum 20 million evro maosh olayotgani bois, myunxenliklar undan tezroq qutilish yo‘liga o‘tgan.

Anchaga bu futbolchiga birorta klub og‘iz solmadi. Bir necha kun avval hozir “Barselona”ni boshqarayotgan Xans-Diter Flik sobiq shogirdini Kataloniyaga olib kelish harakatini boshlaganidan keyin Komanning ishlari yurishib ketdi.

Endi “Manchester Siti” tajribali charm to‘p ustasini o‘z safiga qo‘shib olishga urinyapti. Bild nashrining yozishicha, “shaharliklar” Kingsli Komanni keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsum ijarga olmoqchi.

Kingsli Koman “Bavariya”da 2015 yildan beri to‘p tepyapti. Asli PSJ tarbiyalanuvchisi bo‘lgan  o‘yinchi orada “Yuventus”da ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!