
Hasanboy Do‘smatovning asosiy raqiblari kimlar? - Bokschimiz jahob berdi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.
-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda Hasanboy 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, hamyurtimiz yarim finalga yo‘l oldi. Shu bilan birga kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Jang ancha hayajonli va katta mas’uliyat yuklardi. Chunki g‘olib medallarga da’vogarlik qiladi. Raqibim amaldagi jahon chempioni. Shuning uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bu erda taktikani ozgina o‘zgartirdik. Agar avvalgi uslubda jang qilganimda, balki boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi.
Charchoq? Endi har kuni jang o‘tkazyapmiz. Shu bois bilinadi. Qolaversa, raqiblar ham jiddiylashdi. Asosiy raqibim sifatida hindistonlik va frantsiyalik bokschilarni ko‘rmoqdaman, - dedi Hasanboy Do‘smatov.
Fikrlar