
Haqiqiy hujumchi shunday bo‘ladi! Obameyang hech kim uddalay olmagan natijaga erishdi
“Barselona”ning yangi hujumchisi Per-Emerik Obameyang Ispaniya chempionatining 25-turida “Valensiya” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, ushbu “xet-trik” gabonlik hujumchi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Shu tariqa, Obameyang Frantsiya, Germaniya, Angliya va Ispaniya chempionatlarida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Obameyang aslida “Arsenal” futbolchisi edi. Biroq, bosh murabbiy Mikel Arteta bilan chiqisha olmagani uchun klub qimmatbaho o‘yinchining shartnomasinim uddatidan oldin bekor qilib, uni erkin agent sifatida qo‘yib yubordi.
32 yoshli futbolchi “Barselona” bilan 2025 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi. U avval “Borussiya D” va “Sent-Etenn” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar