
Hamidjon Aktamov "Buxoro"da ishlaydimi? Klub bosh direktori aniq javob berdi
Yaqinda “Qizilqum”dan ketgan Hamidjon Aktamovning “Buxoro” ish boshlashi mumkinligi haqida ma’lumotlar chiqdi. Bunday xabarlar ko‘pchilikning e’tiborini tortgani rost.
“Buxoro” bosh direktori O‘tkir Qodirov Sports.uz muxbirining yuqoridagi masala bo‘yicha bergan savoliga quyidagicha javob qaytardi:
“Ko‘p mish-mishlar bo‘ldi. Yashirmayman, Hamidjon Aktamov bilan telefon orqali aloqada bo‘lganmiz. U tajribali murabbiyligi uchun bizga maslahati kerak bo‘lgan. Shuning uchun aloqada bo‘lganman, buni yashiradigan joyi yo‘q. Ammo Aktamovni jamoamizda ishlash varianti ko‘rib chiqilmagan. Bosh murabbiy Hakim Fuzaylov o‘z joyida ishini davom ettiryapti. Unga yordamchi sifatida yangi mutaxassisni chaqirganmiz. Uning ishini ko‘rganimizdan keyin sizga bu haqida aytaman”, - dedi Qodirov.
Fikrlar