Hakamning ta’zirini bermoqchi bo‘lgan “Real” yulduzi uzoq muddatga chetlatilishi kutilyapti

  • 27 aprel, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” va “Barselona” ishtirokidagi Ispaniya kubogi finali gollar bilan birga turli mojarolarga ham boy bo‘ldi.

Ayniqsa, kataloniyaliklar g‘alaba to‘pini kiritganidan keyin “Real” o‘yinchilari ancha keskin harakat qildi. Vaziyatlarning birida uchrashuv hakami Kilian Mbappe raqib futbolchisi Erik Garsiyaga qo‘pollik ishlatgani uchun bahsni to‘xtatdi.

Bu holat Antonio Ryudigerga yoqmadi. Zaxiraga olinganiga bir necha daqiqa bo‘lgan germaniyalik himoyachi bosh hakam Rikardo de Burgos Bengoecheaning ta’zirini bermoqchi bo‘ldi. Biroq Ryudigerning jamoadoshlari uni to‘xtatib qoldi va maydonga chiqishiga to‘sqinlik qildi.

Ryudiger o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va hakamga muz to‘ldirilgan paketni otdi. Garchi uni ichkariga olib kirib ketishgan bo‘lsa-da, yana qaytib kelib, bosh hakamga tahdid qildi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, maydonda tashqaridagi harakatlari uchun qizil kartochka olgan Antonio Ryudiger tajavvuzkorligi sababli uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!