Habib Nurmagamedov futbolchilik faoliyatini Oston O‘runovning jamoasida boshlamoqchi

  • 4 mart, 2021, 11:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov professional futbolchilik faoliyatini qaysi rus klubida boshlamoqchi ekani haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

“Menimcha, “Spartak”. Chunki bu xalq jamoasi. Otam ham “Spartak” safida o‘ynashimni xohlagan bo‘lardi, deb o‘ylayman. Buning uchun kamida yarim yil futbol mashg‘ulotlarida ishtirok etishim kerak. Shuningdek, 6-7 kilogram vazn tashlagan bo‘lardim.

U erda qanday o‘ynagan bo‘lardim, buni bilmayman. O‘zimni super futbolchi, demayman, lekin buni sinab ko‘rmoqchiman. Inson asta-sekin ko‘nikishi mumkin”, - dedi Habib.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Oston O‘runov ham “Spartak” futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!