Gvardiola Xoland va De Bryuynening "Aston Villa"ga qarshi o‘ynamaganiga izoh berdi

  • 4 aprel, 2024, 09:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 31-turida "Manchester Siti" "Aston Villa"ni o‘z maydonida mehmon qilib, yirik 4:1 hisobida yutdi. O‘iynda Foden xet-trik qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Rodri bitta gol muallifiga aylandi. Duran bo‘lsa javob qaytardi. 

Tecno

Ushbu uchrashuvda "shaharliklar"ning etakchi futbolchilari - Xoland va De bryuyne ishtirok etmadi. Gvardiola nega ular mazkur bahsni o‘tkazib yuborganini tushuntirdi.

"Xoland va De Bryuyne dam olishdi. Bizga bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan Londonning "Arsenal" jamoasi bilan o‘yindan keyin yangi kuch kerak edi. Taqvim meni shunday qilishga majbur qildi", - deb ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini BBC.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda "Manchester Siti" 67 ochko jamg‘arib, chempionat turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!