Gvardiola: "Ular aqlbovar qilmas darajada o‘ynadi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Xolandning Norvegiya terma jamoasidagi muvaffaqiyati haqida gapirdi.
"Xoland bu mavsumni dahshatli tarzda o‘tkazmoqda. U "Manchester Siti" bilan APLda va Norvegiya terma jamoasi safida ham bir nechta rekordlarni yangiladi. Erling va uning terma jamoasi uchun xursandman. Norvegiya terma jamoasining aksariyat futbolchilari o‘z mamlakati so‘nggi bor mundialda qatnashganda hali tug‘ilmagan edi. "Vikinglar" aqlbovar qilmas darajadagi saralashni o‘tkazishdi. Juda ko‘p gollar urishdi va himoyada tartibli o‘ynashdi. Xoland jahon darajasidagi futbolchi va Jahon chempionatida o‘ynashga haqli edi. U uchun xursandman", - dedi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, Xoland etakchiligidagi Norvegiya terma jamoasi Jahon chempionati saralashining 8 ta uchrashuvining barchasida g‘alaba qozongan holda mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.



Fikrlar