Gvardiola "Real"dan futbolchi olib kelmoqchi

  • 4 mart, 16:56
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin "Real Madrid" jamoasini tark etib, APLga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli darvozabonni o‘z safiga qo‘shish borasida "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis ukrainalik futbolchini 2024/2025 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan braziliyalik Edersonning o‘rnini egallashi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Luninning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra posbon 30 million evroga baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!