Gvardiola Pochettino haqida : "Unga doimo omad tilayman"

  • 15 sentabr, 2024, 16:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola AQSh terma jamoasiga murabbiy etib tayinlangan Maurisio Pochettinoni qo‘llab-quvvatladi. Avvalroq, "Chelsi"ni tark etgan argentinalik murabbiy AQSh terma jamoasini 2026 yil o‘z uyida o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorlashi ma’lum bulgandi. U okean orti terma jamoasida iyul oyida ishdan bo‘shatilgan Greyg Berxalterning o‘rnini egalladi.

"Men unga va AQShga doimo omad tilayman. Chunki u erda mening do‘stlarim bor. Pochettinoni yuqori darajali va tajribali murabbiy ekanligini bilaman. AQSh jamoasining hayajonli tomoni shundaki, siz uzoq muddatli loyihani qurishga va milliy terma jamoani keyingi bosqichga olib chiqishga bemalol harakat qilishingiz mumkin.

AQShda odamlar soni, sport va boshqa narsalar bo‘yicha salohiyat bor. Agar Poch(Pochettino nazarda tutilmoqda) shunday qarorga kelgan bo‘lsa, demak u bu qarorini o‘zi uchun eng yaxshisi deb hisoblaydi", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!