
Gvardiola o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi
“Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardiolaning o‘rniga “Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojersni olib kelmoqchi.
Gvardiola 2023 yilning yozida amaldagi shartnomasi yakunlanganidan keyin murabbiylik faoliyatidan biroz dam olmoqchiligini ma’lum qilgan. Keyinroq, ispaniyalik mutaxassis terma jamoalardan birini boshqarishni rejalashtiryapti.
Brendan Rojers ham “Manchester Siti” bosh murabbiyligini qabul qilishga tayyor. Tajribali mutaxassis aynan shu maqsadda “Nyukasl” taklifini rad etdi. U 2023 yilning yarmidan “shaharliklar”ni qabul qilib olishga tayyor.
Brendan Rojersning “tulkilar” bilan shartnomasi 2025 yilgacha davom etadi. Agar u Manchesterga kelidigan bo‘lsa, klub “Lester”ga ma’lum miqdorda badal puli to‘lashi kerak.
Fikrlar