Gvardiola: Men bu o‘yinchini shug‘ullantirishni orzu qilardim

  • 17 fevral, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qaysi futbolchini shug‘ullantirishni orzu qilgani, biroq bu niyati amalga oshmay qolganini aytib berdi.

Ispaniyalik mutaxassis ashaddiy raqib – “Manchester Yunayted”ning afsonaviy o‘yinchilaridan Pol Skoulzning mahoratiga katta baho berdi.

- “Manchester Yunayted”da o‘ynagan barcha futbolchilar orasidan men faqat Pol Skoulzni tanlayman. U o‘z davrining eng zo‘r yarim himoyachisi bo‘lgan.

Men Skoulzni shug‘ullantirishni orzu qilardim. Skoulz va Rayan Giggz butun jamoaga o‘rnak bo‘la oladigan ajoyib o‘yinchilar edi, - dedi Xosep Gvardiola.

Pol Skoulz butun faoliyatini bir jamoa – “Manchester Yunayted”da o‘tkazgan. Bu o‘yinchi  maylon markazida o‘yinni nazorat qilishi, texnik xususiyatlari, uzoqdan yo‘llanadigan aniq va kuchli zarbalari, chidamliligi bilan ajralib turardi.

Skoulz manchesterliklar safida 11 karra Angliya chempioni, ikki bor Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi va ko‘plab boshqa turnirlarda bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!