Gvardiola "Manchester Siti"ga Ispaniyadan 35 yoshli posbonni olib kelmoqchi

  • 17 iyun, 2019, 22:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Eybar" klubi darvozaboni Aser Ries faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli darvozabonga "Manchester Siti" jiddiy qiziqmoqda. Uni shaxsan “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, Riesning “Eybar” bilan amaldagi shartnomasi oy so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi va u shundan so‘ng erkin agentga aylanadi.

Ma’lumot uchun, Ries o‘tgan mavsum jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 24ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!