
Gvardiola: "Husanov bu klubda ko‘p yillar davomida faoliyat yuritadi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola legionerimiz Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis terma jamoamiz a’zosini kuchli jihatlarini aytib o‘tdi.
"Abduqodir markaziy himoyachi sifatida o‘ynay oladi, chap qanot himoyachisidan tashqari barcha pozitsiyalarda o‘ynay oladi. U hujumda ko‘plab vaziyatlar yarata olmaydi, ammo u mudofaada aql bovar qilmaydigan, mustahkam va barqaror, uning jismoniy holati pik formadagi Kayl Uoker kabi. U juda diqqatli, juda yosh, o‘rganishni xohlaydi. U kuchli, qiyin raqiblarga qarshi haqiqatan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.
U juda yosh, O‘zbekistondan Frantsiyaga kelib, Liga 1'da sakkiz yoki o‘nta o‘yin o‘tkazdi va darhol biz uchun qiyin mavsumda va qiyin pallada "Siti"ga keldi. U tezda yangi klubga o‘rganib ketdi.
Yigitcha bu klubda ko‘p yillar davomida faoliyat yuritadi!",- dedi "shaharliklar ustozi.
Fikrlar