Gvardiola: "G‘alaba muhim, lekin kubok ko‘tarish uchun biz hali tayyor emasmiz"

  • 11 dekabr, 04:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi safarda 2:1 hisobida qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Biz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Bu stadionda o‘ynash juda og‘ir. Besh-olti futbolchimiz bu erga birinchi marta keldi. Shu bois, bug‘ungi g‘alabadan xursand bo‘lishimiz kerak, ayniqsa ochkolar jihatidan. Endi hisobimizda 13 ochko bor, birinchi sakkizlikda joy olish o‘z qo‘limizda. Top-8da yakunlash – asosiy maqsadimiz. "Bayer" bilan o‘yindan keyin bu erda g‘alaba qozonish – ajoyib ish bo‘ldi".

Pep Guardiola, Manager of Manchester City, speaks to the media in a post match press conference following the team's victory during the UEFA...

U "Real"ning o‘yin uslubi kutilmagandan farq qilganini ta’kidladi:

"O‘yinni xato qilish bilan boshladik. Men "Real"ni pressing qiladi deb o‘ylagan edim, lekin ular pastroqda o‘ynashdi. Bu bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Lekin natijadan qoniqdik. Rodrigo, Vinisius, Bellingem – ajoyib futbolchilar. Ularning tezligi katta xavf soladi. Shuning uchun oldingi chiziqda qolib ketmaslik, himoyada tinimsiz ishlash kerak. Bizga etishmay turgan jihatlar bor, ularni yaxshilash lozim". 

Pep Guardiola, Manager of Manchester City, speaks to the media in a post match press conference following the team's victory during the UEFA...

Gvardiola Erling Xoland haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

"Xolandning statistikasi o‘zi haqida o‘zi gapiradi. Uni o‘yinga ko‘proq jalb qilishimiz kerak. So‘nggi uchrashuvlarda u o‘yindan tushib qoldi, shunday ekan, uni yana faolroq ishlatish yo‘lini topishimiz lozim".

Erling Haaland of Manchester City walks in the field during the UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD6 match between Real Madrid C.F. And...

Shuningdek, u jamoaning Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun hali tayyor emasligini bildirdi:

"Biz hali tayyor emasmiz. Bu g‘alabaga da’vogarlikdan ancha olisdamiz. Fevralga kelib, yanada yaxshi holatda bo‘lamiz", – deya ta’kidladi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!