
Gvardiola: Fergyuson davrida "Yunayted" eng yuqori pog‘onada edi, ammo...
Xosep Gvardiola derbidan so‘ng "Manchester Yunayted" bilan raqobat haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha "Manchester Siti" safarda hamshaharini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Futbolchilar borlarini berishdi va men muxlislarimiz uchun juda xursandman, bu ular uchun nimani anglatishini bilaman.
Ser Aleks [Fergyuson] davrida "Yunayted" eng yuqori pog‘onada edi, ammo so‘nggi bir necha yil ichida biz tendentsiyani o‘zgartirdik.
Dastlabki 5-10 daqiqadan so‘ng o‘ta xavfli jamoaga qarshi to‘p yo‘qotib qo‘yganimizda, vaziyatni o‘z qo‘liga oldik va ikkinchi goldan so‘ng fantastik o‘yin ko‘rsatdik”, – dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.
Fikrlar